Osiyo çempionati-U23 3-örin uçun öyinidan söng Avstraliya hamda Özbekiston jamoalarining boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda qatnaşgan Lyubinko Druloviç OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

«Ikkinçi bölimni raqib juda yaxşi boşlab gol urdi. Keyin esa qizil kartoçka. Menimça, Oybek qizil kartoçkaga mos harakat qilmagandi, u şunçaki töpga öynadi.

Mening şartnomam uşbu oyda yakunlanadi. Hali kelajakda nima qilişimni bilmayman. Biz yaxşi musobaqa ötkazdik. Saudiya bilan öyinda ham raqibdan yaxşiroq böldik. Şogirdlarim bilan faxrlanaman.

Bizning jamoada talantli, katta professional futbolçilar yiğilgan. Olimpiadaga çiqiş bizning orzumiz edi. Oxirgi ikki öyinda 1:0 hisobida yutqazdik. Ha, juda köp imkoniyat yaratdik, ammo ulardan foydalanişda muammo böldi. Töğrisi, buning sababini bilmayman.

Özbekistonda meni tanqid qilişadi? Bu normal holat. Men professionalman, 40 yildan buyon futbolning içidaman, tanqidni qabul qila olaman. Ha biz çiroyli öynadik, lekin natija bölmadi. Men olimpiadaga çiqişni juda ham xohlagandim.»,— deb Druloviçning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.