Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunovning aytişiça, Janubiy Koreyaga rasmiy iş vizasini olib ketişning faqat bitta yöli bor – koreys tilini mukammal örganiş va yil davomida bir neça marta ötkaziladigan imtihonlarda qatnaşiş.

Uning ta'kidlaşiça, Koreya Respublikasiga işlaş uçun jönatadigan yagona taşkilot bu – Taşqi mehnat migratsiya agentligi. Xususiy bandlik agentliklarining, köçadagi xorijga işga yuborişni va'da qiladigan firibgarlarning bunga vakolati yöq.

«Hozirgi kunda Janubiy Koreya ketmoqçi bölgan fuqarolarimiz soni juda köp. Aksariyat holda fuqarolarimiz tartibli ketişdan köra, qanaqadir muamoning yeçimini topişdan köra, yengil yöl qidirib firibgarlarning qöliga tuşmoqda.

Janubiy Koreyaga erkin yollaş degan tizim bor. Janubiy Koreyada işlaş uçun faqat öşa tizim orqali ketişi mumkin», – dedi Tursunov 23 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida.

U koreys tilini örganişning muhimligini alohida ta'kidladi.

«Fuqarolarimizda Koreyaga ketiş orzusi juda katta, ularga maslahatim bitta: koreys tilini yaxşilab örganişsin. Boşqa yöl qidirib ötirişmasin. Astoydil örganmoqçi bölgan odam uçun koreys tili unçalik qiyin til hisoblanmaydi. Lekin yana qaytarib aytaman: Koreyaga rasmiy iş vizasini olib ketişning yöli bitta – koreys tilini mukammal örganiş va yil davomida bir neça marta ötkaziladigan imtihonlarda qatnaşiş», – dedi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği.

«Erkin yollaş tizimiga köra, fuqaro imtihondan ötgan taqdirda ham Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi uning Koreyaga ketişini kafolatlamaydi. Sababi, tizim juda oddiy: fuqaro imtihondan ötadi, bilimini taqdiqlaydi va zaxiraga tuşadi. Zaxiraga tuşgan fuqarolardan mos kelganini Janubiy Koreyadagi iş beruvçining özi tanlab oladi. Uni qaçon tanlab oladi, kimni tanlab oladi, bunga heç kim ta'sir ötkaza olmaydi.

Şunaqa holatlar borki, fuqarolar çindan ham imtihon topşirgan, zaxirada turgan, lekin Koreyaga keta olmagan. Imtihondan ötganlar 2 yil davomida zaxirada turadi, lekin ular birorta iş beruvçi tomonidan tanlanmasa, zaxiradagilar röyxatidan çiqariladi va yana imtihon topşirişi kerak böladi», – deydi Baxtiyor Tursunov.