Boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ta'kidlaşiça, prezidentning parlamentga murojaatida belgilangan vazifalarning bajarilişi, yangi tasdiqlanadigan davlat dasturining ijrosi 2020 yil uçun tasdiqlangan davlat budjeti uçun oğirlik qilmaydi.

«Davlat rahbarining parlamentga murojaatidagi masalalar 2020 yil uçun parlament tomonidan tasdiqlangan davlat budjetida közda tutilgan deb aytolmaymiz, albatta. Köp masalalarini prezidentimiz yangidan qöydilar.

Şuning uçun bizda ma'lum ma'noda qöşimça xarajatlar paydo bölişi mumkin. Lekin bu u qadar katta xarajatlarga olib kelmaydi, kambağallikni qisqartiriş böladimi yoki oliy öquv yurtlariga grantlarni köpaytiriş – bular 2020 yil hisobidan katta xarajat talab qilmaydi», deydi u.

Vazir murojaatda belgilab berilgan vazifalar böyiça tegişli dasturlar, strategiyalar va yöl xaritalarini işlab çiqiş muayyan vaqt talab etişini aytib ötgan.

«Oliy ta'lim muassasalarida öqiş sentyabrdan boşlanadi yoki kambağallikni qisqartiriş strategiyasini işlab çiqişning öziga kamida uç oy, uni xalqaro taşkilotlar bilan kelişişga olti-yetti oy ketadi. Şuning uçun bu yil jiddiy muammolar körmayapmiz va asosiy xarajatlar 2021 va undan keyingi yillarga ötadi», deydi Jamşid Qöçqorov.