Özbekiston olimpiya jamoasi Tailandda ötayotgan U-23 Osiyo çempionatining çorak final bosqiçiga yöl olgan. Vakillarimiz uşbu bosqiçda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarşi bahs olib boradi. Uşbu bahs oldidan Vadim Abramov va Röziqul Berdiyev Tailandga yetib borişadi. Bu haqda Özbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi tomonidan futbolçilarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida yana katta muxlislar guruhi şakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toşkent, Urganç, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarşi, Farğona, Namangan kabi köplab şaharlardan taşrif buyurgan muxlislar, «Qöqon-1912» klubi direktori va boşqa bir qator futbol mutasaddilari, aşaddiy muxlislar jamoamizni qöllab-quvvatlamoqda. Bu özbek futboli muxlislarining öziga xos yangi tölqini, milliy sport ğoyasidir. Ahamiyatlisi, mana şunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Röziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka taşrif buyurişi kutilmoqda.

Ma'lumki, Özbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida «Nasaf» (10) va «Bunyodkor» (5) klublarining öyinçilari köpçilikni taşkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelişidan asosiy maqsad futbolçilarimizni qöllab-quvvatlaş va ularni yanada ruhlantirişdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelişadi.

Ta'kidlaş joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar ştabining faoliyatiga aslo aralaşmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Druloviç va Ravşan Haydarov boşçiligida bölajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uçraşuvdan oldin öz şogirdlariga ruhiy dalda beriş va ularni qöllab-quvvatlaş uçun kelişmoqda» - deya yoziladi Özbekiston milliy olimpiya qömitasi rasmiy saytida.

Ma'lumot uçun, Tribuna.uz muxbiri bugun Röziqul Berdiyev bilan suhbatlaşganda, «Nasaf» klubi boş murabbiyi ayni damda klubidagi işi bilan band ekanligi, Tailandga boriş haqida heç qanday taklif bölmaganligini ma'lum qilgandi.