Falastin arab va musulmon elchilarini «asr kelishuvi»ni e'lon qilish marosimida qatnashmaslikka chaqirdi
Falastin hukumati arab va musulmon elchilarini Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Falastin-Isroil nizosini hal qilish bo‘yicha AQSh rejasining e'lon qilinishi marosimida ishtirok etmaslikka chaqirdi. Falastin hukumati rasmiy vakili Nabil Abu Rudeyna ana shunday bayonot bilan chiqdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy 28 yanvar kuni "asr kelishuvi"ni e'lon qilishini bildirgandi.
"Biz arab va musulmon elchilarini Falastin xalqi huquqlarini buzish va Sharqiy Quddusda poytaxti bo‘lgan Falastin davlatining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi deb hisoblayotgan yovuz "asr kelishuvi"ni e'lon qilish marosimida ishtirok etmaslikka chaqiramiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda WAFA agentligi.
Falastin rahbariyati vakili ayrim arab va musulmon davlatlari elchilari marosimda qatnashishdan bosh tortishganini aytdi, ammo gap qaysi davlatlar to‘g‘risida borayotganligiga aniqlik kiritmadi.
"Asr kelishuvi" – Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan reja. Ushbu hujjatning e'lon qilinishi bir necha marta ortga surilgandi.
Vashington mazkur rejani ishlab chiqishni uch yil avval boshlagandi. Amerika OAVning ma'lum qilishicha, reja iqtisodiyot va investitsiyalarga qaratilgan.
Avvalroq Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024