2020 yil fevralidan Özbekiston fuqarolari şengen vizasini oliş uçun ariza topşirişda endilikda 80 yevro boj tölaşlariga töğri keladi. Avval bu qiymat 60 yevroni taşkil qilgan.
Bu şengen vizasini oliş uçun barça ariza topşiruvçilarga qöllanadigan yangi Şengen vizasi kodeksi bilan tasdiqlangan.
Bolalar uçun viza narxi avvalgi 35 yevrodan 40 yevrogaça qimmatlaşgan. 6 yoşgaça bolalar viza uçun yiğimlardan ozod etilgan.
Yangi kodeks safargaça arizalarni topşiriş mumkin bölgan vaqtni avvalgi 3 oydan 6 oygaça oşirilişini közda tutgan. 5 yillik köp marotabalik vizalar Şengen hududiga tez-tez boruvçi va ijobiy viza tarixiga ega bölgan sayyohlarga taqdim etiladi.
Şu bilan birga şengen vizasini oliş uçun ariza topşirişning eng oxirgi muddati avvalgidek safar sanasigaça 15 kalendar kunini taşkil qiladi.
Şuningdek, şengen vizasi uçun tölov qiymatini özgartiriş masalasini hal qiliş maqsadida har 3 yilda monitoring ötkaziladi.
Şengen vizasini olganlar Yevropaning 26 ta davlati: Avstriya, Belgiya, Çexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polşa, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Şvetsiya, Şveytsariya va Lixtenşteynga safarlar amalga oşiriş huquqini qölga kiritadilar.

















