«Bugungi kunda jahon turizm bozori hajmi qariyb 9 trillion dollarni taşkil etmoqda. Dunyoda iş bilan band aholining har öninçisi uşbu sohada faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga köra, turistlar havo transportida uçiş vaqti 5 soatgaça bölgan ölkalarga eng köp sayohat qiladi. Mamlakatimiz atrofida bunday masofada 60 ga yaqin davlat, 3 milliard aholi bor. Yiliga ularning qariyb 360 millioni xorijga sayohat qiladi. Bu ulkan turizm bozori degani.

Ötgan yili yurtimizga 6,7 million nafar sayyoh kelgan. Diyorimiz 10 dan ortiq nufuzli xalqaro naşrlarda eng jozibali turistik maskan sifatida e'tirof etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident ötgan haftada özining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoğiga aylantiriş ustuvor vazifa ekanini ta'kidladi.

Joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022 yilda 10 millionga va 2025 yilda 12 millionga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu orqali turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5 yilda 3 milliard dollargaça oşiriladi.

«Davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlari, xususan, 2018 yil 7 fevraldagi «Içki turizmni jadal rivojlantirişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori tufayli va yurtimiz aholisining farovonligi oşgani sayin içki turizm ham kengayib bormoqda. Biroq, yiğilişda ta'kidlanganidek, jahon standartlariga mos mehmonxonalar, malakali gidlar yetişmaydi.

Şu bois mehmonxonalarni joriy yilda 1 ming 700 taga, kelgusi 5 yilda 3 mingtagaça köpaytiriş kerak. Oilaviy mehmon uylarini ham 2 mingtaga yetkaziş zarur.

Bular orqali turizm sohasida yiliga kamida 30 mingta yangi iş örni yaratiş maqsad qilingan», deyiladi xabarda.

Tanqidiy tahlil ruhida ötgan yiğilişda uşbu natijalarga erişiş uçun amalga oşirilişi zarur bölgan çora-tadbirlar muhokama qilindi. Sayyohlikning an'anaviy turlari qamrovini kengaytiriş bilan birga yangi körinişlarini köpaytiriş zarurligi ta'kidlandi. Kardiologiya, urologiya, stomatologiya, oftalmologiya kabi yurtimiz yuqori salohiyatga ega bölgan tibbiyot yönalişlarida turizmni rivojlantiriş, soğlomlaştiriş va dam oliş maskanlariga strategik investorlarni jalb qiliş böyiça topşiriqlar berildi. MDH davlatlari kasaba uyuşmalari bilan yaqin aloqalarni yölga qöyib, sayyohlar sonini keskin oşiriş mumkinligi körsatib ötildi.