Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali taşkil etiş borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

«Mazkur sohadagi davlat boşqaruvi tizimini tubdan takomillaştiriş, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantiriş va barqaror faoliyat körsatişini ta’minlaş maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 1 fevraldagi farmoniga binoan Transport vazirligi taşkil etilgan edi.

Bu borada muayyan işlar qilingan bölsa-da, mamlakatimizning transport-tranzit salohiyatidan töliq foydalanilmayapti.

Xalqaro ekspertlarning xulosasiga köra, Özbekiston tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga, 2030 yilda esa mintaqaviy loyihalarni amalga oşiriş evaziga 23 million tonnaga yetkaziş imkoniyati mavjud.

Jahon bankining logistika reytingida yurtimiz 163ta davlat orasida 99-örinda bölib, xalqaro taşuvlarni amalga oşirişning soddaligi böyiça 120-örinda qayd etilgan.

Optimal tarif siyosati mavjud bölmagani sababli tranzit yuk oqimini jalb etiş va mahalliy tovarlarni taşqi bozorlarda raqobatbardoşligini oşiriş imkoniyati çeklanmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda tranzit siyosatini butunlay qayta körib çiqiş Transport vazirligining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Temir yöl tizimini tubdan isloh qiliş, sohaga xususiy kapitalni keng jalb etiş böyiça körsatmalar berildi.

Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi holat ham tanqid qilindi. Milliy aviakompaniya negizida taşkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil taşkilotlar sifatida faoliyatini töliq yölga qöymagani sababli islohotlar natijasi körinmayapti.

Şuningdek, ötgan yili 4ta aeroportda «oçiq osmon» rejimi joriy etilib, «beşinçi havo erkinligi» örnatilgan edi. Ammo hanuz birorta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmadi. Bu holat yölovçilarning asosli e’tirozlariga, boşqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanişiga sabab bölmoqda.

Şu bois, Jahon bankining tavsiyalari asosida sohada olib borilayotgan islohotlarni töliq yakuniga yetkaziş va raqobat muhitini yaratiş böyiça topşiriqlar berildi.