Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov OTMlarda öqitilayotgan nomutaxassislik fanlari qisqartirilişi masalasiga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Qişloq xöjaligi yönalişlarida huquqşunoslikni öqitiş kerak, degan fikrni bildirdingiz. Bu qançalik töğri-notöğri alohida masala, ammo şuni aytmoqçimanki, bunaqa takliflar juda ham köp.
Nima qilamiz? Biz aytdik, öquv standartlari va dasturlarini tuzişga yondaşuvni özgartiramiz. Dunyo tajribasida bor, ya'ni kompetensiya masalasi. Yetiştirilgan kadr nimani bilişi kerak, iş beruvçi undan nimani kutyapti? Ana şu kompetensiyalar şakllantirilişi kerak. Bunga kim buyurtma berişi kerak – işga oluvçi.
Ikkinçidan, kadrda öşa kompetensiyani şakllantiriş uçun unga nimani öqitiş kerak? Buni vazirlik qilmaydi, oliy öquv yurtlari qiladi. Bir xil yönalişdagi OTMlar bitta metodik birlaşmaga birlaşib, mana bu fanlar bilan şu kompetensiyani beramiz, deya qaror qilişadi. Demak, öquv dasturini tuzişda ikki tomon – iş beruvçi va OTM iştirok etişi kerak.
Uçinçi tomon – vazirlik. Vazirlik yagona ta'lim-tarbiya siyosatini yurgiziş nuqtayi nazaridan öz talablarini qöyadi. Bunda tayyorlangan kadrning dunyoqaraşi keng, madaniy saviyasi yuqori bölişi kerakligi va hokazolardan kelib çiqiladi.
Eng muhimi – mana şu uçta tomondan boşqa heç kim aralaşişi keragi yöq. Töğri aytdingiz, bittasi huquq fani kerak deydi, bittasi tabiatni bilişi kerak deydi, bittasi iqtisodni bilmasa umuman bölmaydi deydi, bittasi moliyaviy savodxonlik kerak deydi... Va hokazo.
Şuning uçun mana uçta tomon bor, şulardan boşqa taşqaridan heç kim oliy öquv yurtiga öquv rejasini tuzişga aralaşmasligi kerak. Heç qanaqangi hujjatlar bilan mana bu fan kiritilsin, degan tazyiq bölmasligi kerak.
Hukumat tomonidan vazirlik «Mana şu fanni kiritasan», demaydi. Talaba mana şu malaka yoki tarbiyani egallaşi kerak, degan talabni kiritadi», – dedi Majidov 29 yanvar kuni Xalqaro press-klub sessiyasida.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida oliy ta'limdagi mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirilişini aytgan edi. Hozir OTMlardagi öquv rejalari va dasturlarida ixtisoslikka xos bölmagan fanlar uluşi 18 foizga teng.
Şavkat Mirziyoyev: «Keraksiz fanlar bilan yoşlarimizning vaqtini olişning nima keragi bor?» (video)













