Maxluqotga jon ato etgan Zot unga ölimni ham taqdir qilgan. Şunday ekan, inson qayerda bölmasin, ölim şarpasi soya solib turadi. Aççiq haqiqat şuki, ölim bandaning vatandan yiroqdaligiga qarab, vataniga qaytib olsin, deb kutmaydi. Osmonda, yerda, musofirçilikda, muqimlikda ölim kelaveradi. Ölim – bu dunyo hayotining mavjudlik qoidasi. Bu holat muhojirlarimizni ham çetlab ötmaydi.
Biroq, ayni şunday oğir musibatdan foydalangan holda, marhumning jasadini vatanga yuborişga falon miqdorda pul kerakligini e'lon qilib, xayriya ötkazayotganlar ham yöq emas. Çet ellarda vafot etgan özbek mehnat muhojirlarining jasadlarini olib keliş xarajatlari davlat tomonidan, maxsus jamğarma hisobidan qoplanayotgan bölsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda jasadni yuboriş uçun pul mablağlari yiğişga doir turli aksiyalar ötkaziş hamon kuzatilmoqda.
Kun.uz tahririyatining Rossiyada bölib qaytgan muxbiri Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi rahbari Saidnö'mon Mansurov bilan muloqot qildi. Suhbat çoğida Rossiyada vafot etganlarni neça kun muddatda vatanga yuboriş mumkinligi, uning qiymati va şu holat bilan boğliq boşqa jarayonlar haqida söz bordi.
«Inson yaqinini yöqotganda şokka tuşib qoladi. Jasadni qanday qilib tezroq Özbekistonga yuborişni öylaydi. Ular bizga murojaat qiladi. Lekin har kuni vafot etganlarni kuzatiş ham oson iş emas.
Ammo şunda ham tuşunmovçiliklar kuzatiladi. Buni özimiz ham sezib turamiz. 1-2 kunda jönatib berolmasak, odamlar xafa böladi. Lekin buning ham öz rasmiy jarayonlari bor.
Şu imkoniyatdan foydalangan holda, sizlar orqali muhojirlarimizga, fuqarolarimizga murojaat qilmoqçiman. Agar şunday holat bölib qolsa (Xudo körsatmasin, ilohim soğ bölaylik), heç qanday «posrednik»larga işonişmasin. Mana biz – rasmiy idora bor. Bir söm pul kerak emas. Davlat rahbariyati tomonidan şunday imkoniyat taqdim etilmoqda. Biroq bizga ham yordam kerak. Ba'zida odamlar keladi, aka ilojini qilaylik, tezlaştiraylik, deb pul taklif qilmoqçi bölişadi. Gap tezlikda emas, gap barçasini rasmiy qilişda.
Vafot etgan odamning hujjatida bitta harfi notöğri bölib qolsa, Rossiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari notöğri tuşunib qolsa, kelgusida uşbu jarayonlarni qiyinlaştiruvçi yangi talablar, qoidalar paydo bölişiga sabab bölib qoliş ehtimoldan yiroq emas.
Bunday bölmasligi uçun bizga kelişsin. Bizga işonişsin, bunday masalalarni hal qilib beramiz. Alhamdulillah, musulmonmiz, tuşunamiz. Lekin, şoşilib qolib, aldanib qolişadi. Morgga, yukçiga va tergovçiga pul berişlari mumkin. Bu nazoratga tuşib qolsa, yanada qiyinlaşib ketişi ehtimoli yuqori», – deydi agentlikning Moskva vakolatxonasi rahbari Saidnö'mon Mansurov.














