Xiaomi kompaniyasi profilaktika maqsadida butun Xitoydagi dökonlarini 28 yanvardan 3 fevralgaça yopişini ma'lum qildi.

Kompaniya buni Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarşi kuraşişda kömaklaşiş deb izohladi. 

Xiaomi Uxan şahri aholisiga bir neça bor yordam körsatdi va körsatişda davom etmoqda. 24 yanvar kuni kompaniya şaharga 300 ming yuan ajratganini ma'lum qilgandi. Ertasiga esa koronavirusga qarşi kuraşiş uçun 3 million yuan berişini e'lon qildi. Xiaomi Group keyingi bosqiçda Uxanda koronavirusga qarşi kuraşni qöllab-quvvatlaş uçun 10 million yuan sarflaydi.

2019 yil 31 dekabrda Xitoyning Uxan şahrida noma'lum turga mansub pnevmoniya kasalligi paydo bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Kasallikka çalinganlar dengiz mahsulotlari sotiladigan mahalliy bozorda işlaydigan odamlar edi. 

7 yanvar kuni pnevmoniyani yangi 2019-nCoV koronavirusi keltirib çiqargani aniqlandi. 20 yanvarda şifokorlar virusning odamdan odamga yuqiş xususiyatiga ega ekanligini ma'lum qildi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, koronavirusini yuqtirib oliş oqibatida vafot etganlar soni 106 nafarga yetgan, virusdan zararlanganlar soni 4500 nafardan oşgan, yana 6973 kişi virusni yuqtirib olişda gumonlanmoqda. Şu vaqtgaça 60 kişi soğayib, şifoxonadan çiqarilgan.