AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy kommmunistik partiyasini «davrimizning asosiy tahdidi» deb atadi.

"Vaqt ötmoqda, biz terrorizm borasida öta huşyor turişimiz kerakligiga qaramasdan, butun dunyo böyiça muammolar mavjud. Xitoyning boşqaruvçi partiyasi davrimizning asosiy tahdidi bölib qolmoqda", - dedi Pompeo britaniyalik hamkasbi Dominik Raab bilan Londondagi Policy Exchange tadqiqot instituti qilgan çiqişida.

"Mamlakatlarimiz örtasida biznes sohasida ulkan iş olib boriş imkoniyati bor. Ammo Xitoy kompartiyasi va uning raisi ularda biz ertalab Dominik bilan gaplaşgan qadriyatlarga mos kelmaydigan dastur borligini anglatdi", dedi u.

Pompeo dunyoni Ğarb demokratik tamoyillari boşqarişi kerakligini ta'kidladi.

"Biz – Ğarb keyingi asrda Ğarb demokratik tamoyillari boşqarişini jamoaviy ravişda ta'minlaşimiz lozim. Nafaqat AQŞ, balki ozodligimizni sevadigan hamda demokratiya va qonun ustuvorligini qadrlaydigan barça keyingi yuz yillikda bu hukmron model bölib qolişini ta'minlaşi kerak", - dedi AQŞ davlat kotibi.