Kreml saytida ma'lum qilinişiça, Ignatev «işonçni yöqotgani» sababli lavozimidan ozod etilgan. Uning örniga vaqtinçalikka Davlat dumasi deputati Oleg Nikolayev tayinlandi.

50 yoşli Ignatevning iste'foga çiqarilişidan oldin uning iştirokida ikkita şov-şuvli mojaro yuz bergandi.

Çuvaşiston rahbari 18 yanvarda Matbuot kuniga bağişlangan çiqişida ba'zi jurnalistlar va blogerlar respublikaga «turli yöllar bilan» pul işlagani kelişlarini, u yerda «yaxşi örnaşib olib», «heç kim va heç narsadan bexabar bölar-bölmas narsalarni yozişlari»ni aytgan.

«Şu sababli ularni, xalq tilida aytiladigandek, ta'zirini beriş kerak. Ular qayerdan, qanday niyatda kelganlari, qayerda yaşaşlari, işlaşlari, qanday pul topişlari haqida gapiriş kerak», deb aytgan Ignatev.

Çuvaşistonning endilikda sobiq rahbari iştirokidagi yana bir mojaro öt öçiruvçilarga yangi xizmat maşinalari kalitlarini topşirişi vaqtida yuz bergan. Mahalliy matbuotda yozilişiça, uşbu voqea videosida Ignatev maşina kalitini topşiriş vaqtida uni baland kötarib, «favqulodda vaziyatlar zobitini kalitni oliş uçun sakraşga majbur qilgani» aks etgan.

Matbuotda Ignatevning bu xatti-harakati «zobitni kalaka qiliş» sifatida qabul qilingan. Şundan keyin Çuvaşiston rahbarining bu «qilmişi» favqulodda vaziyatlar vazirligi va u a'zosi hisoblangan «Yedinaya Rossiya» partiyasi tomonidan ham tanqid qilingan. Mojarodan keyin Ignatev partiya safidan çiqarilgan. Ignatevning matbuot xizmati esa kalitni oliş uçun sakragan zobit respublika rahbarining köp yillik tanişi ekani va barçasi döstona tarzda keçganini aytgan.

Putin ma'muriyatidagi manbalarning ma'lum qilişiça, Ignatevning iste'fosi uning iştirokidagi mojarolargaça rejalaştirib qöyilgan edi. Ularning ta'kidlaşiça, Çuvaşistonga 2010 yildan beri rahbarlik qilib kelgan Ignatevning reytinglari past va soğliğida muammolar bölgan.

Ignatevning vakolatlari muddati 2020 yil sentyabrda tugaşi kerak bölgan.