«Ignatev vafot etdi, unda koronavirus aniqlangandi», degan naşrning respublika administratsiyasidagi manbasi. «Interfaks» hozirça ma'lumot rasman tasdiqlanmaganini ma'lum qilgan.

Ignatev 2012 yil 1 yanvarda Çuvaşiston prezidenti bölgan. 2015 yil 9 iyunda Vladimir Putin Ignatevni Çuvaşistonning vaqtinça rahbari etib tayinlagan va u öşa yili 13 sentabr kuni saylovda 65,54 foiz ovoz töplab ikkinçi muddatga saylangan.

2020 yil yanvar oyida Ignatev ikkita mojaro markazida qoldi. Avvaliga u boşqa yerdan kelgan bloger va jurnalistlarning «surobini töğrilab qöyiş kerak», degani uçun tanqidlarga sabab bölgandi. Keyinçalik Ignatev yangi öt öçiriş texnikasini topşiriş vaqtida FVV xodimiga nisbatan kamsituvçi harakat qilgaç, internetda köp tanqid qilindi.

29 yanvar kuni Ignatev «prezident işonçini yöqotgani uçun» işdan olindi. Köp ötmay u Vladimir Putin ustidan sudga arz qilgandi.