Ukraina madaniyat, yoshlar va sport vazirligi 2021 yildan sirklarda jonivorlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, jumladan, jonivorlardan barcha turdagi ko‘ngilochar-tomosha tadbirlarida foydalanish taqiqlanadi. 

Qayd etilishicha, hujjat faoliyati jonivorlar bilan aloqador sohalarga tatbiq etilmaydi.

"Masalan, kinologiya taqiqlanmaydi, jonivorlar terapiyasi bekor qilinmaydi va jonivorlar ishtirokidagi sport musobaqalari ham o‘tkaziladi", - deb ta'kidladi vazirlik vakili.

Ma'lumot berilishicha, hozirda Ukrainadagi 7ta davlat sirkidagi tomoshalarda 317 ta jonivordan foydalaniladi.