AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Oq uy Space X kompaniyasining sunʼiy yöldoş internetini Ukraina harbiylari uçun çeklaş töğrisida farmoyiş bermaganini maʼlum qildi. Uning sözlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning internet-terminallar hali ham yuqori tezlikda harakatlanadigan qurilmalarda işlay olmasligini aytgan daʼvolariga zid keladi.

Sönggi hafta davomida Ukraina rasmiylari va harbiylari Ukraina qurolli kuçlari dronlarga örnatilgan sunʼiy yöldoş internet terminallaridan foydalaniş imkoniyatini yöqotganini aytib kelmoqda.

Ukrainadagi Space X servislari bilan boğliq muammolar ötgan hafta oxirida, Kiyev va Vaşington örtasidagi munosabatlar keskin sovişi fonida maʼlum bölgandi. Öşanda prezident Donald Tramp Zelenskiyni Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarba bergani uçun tanqid qilgan va Vladimir Putin bilan jahon bozoriga bir neça partiya dizel yoqilğisi yetkazib beriş böyiça kelişib olgandi.

Biroz vaqt ötib ukrain harbiylari jurnalistlarga qurilmalarning tezligi böyiça çeklovlar yöqola boşlaganini, biroq xizmat töliq tiklanmaganini maʼlum qilişdi.

Şanba kuni esa Zelenskiy jurnalistlar savollariga javob berarkan, hozirda Starlink terminallari işlaşda davom etayotgan maksimal tezlik soatiga 161 kilometrni taşkil etişini aytdi. «Men körgan va eşitgan hisobotlarga köra, şundan söng Starlink butunlay öçib qoladi va biz dronni yöqotamiz», – dedi Zelenskiy.

U bunday çeklovlar tufayli Ukraina harbiylari pozitsiyalardagi jangçilarga oziq-ovqat va suv yetkazib beriş imkoniyatini yöqotganini qöşimça qilgan. «Bu harbiylar yoki texnika öta olmaydigan joylarda, duşman dronlari nazorati tufayli izolyatsiya yuzaga kelgan joylarda juda muhim», – degan Zelenskiy.

Çeklovlar haqida AQŞdagilar nimalar demoqda?

Hafta davomida AQŞ rasmiylari Ukraina harbiylari uçun sunʼiy yöldoş interneti çeklanganini bir neça bor rad etdi.

«Bu kim bölişi mumkinligini umuman bilmayman, çunki bu men emas edim va Ilon bölgan deb ham öylamayman. Tuşunişimça, hammasi avvalgidek», – dedi Tramp 16-oktabr kuni jurnalistlarning çeklovlar sabablari haqidagi savoliga javoban.

Zelenskiyning sunʼiy yöldoş interneti bilan jihozlangan qurilmalarning maksimal tezligi pasaytirilgani haqidagi bayonotlariga AQŞ davlat kotibi ham munosabat bildirdi.