Toşkentda bölib ötadigan xalqaro investitsiya forumiga 4 mingdan ortiq xorijlik salohiyatli investor va tadbirkorlar jalb etiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari Botir Usmonov XPKning navbatdagi sessiyasida ma'lum qildi.

«Şu yilning 5-6 mart kunlari Toşkentda xalqaro investitsiya forumini ötkazişga katta tayyorgarlik körilmoqda. Mazkur anjumanga xorijning 4 mingdan ortiq salohiyatli investor va tadbirkorlarini taklif etganmiz. Bundan taşqari, 400dan ortiq kompaniyalar rahbarlariga ham taklifnomalar yuborilgan», - deya Botir Usmonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Uning fikriça, forum Özbekistonga xorijiy investitsiya olib kirişni jadallaştirişga yordam beradi. 

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi raisining örinbosari v.b. Tölqin Nabiyevning ma'lum qilişiça, 3000ga yaqin davlat korxonalarida davlat uluşi qoldirilişi masalasi bugungi kunda örganib çiqilmoqda. Yaqin 2-3 oyda korxonalar samaradorligi tahlil qilinmoqda.

«Hozirda, davlat uluşi bor korxonalar faoliyati, iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinmoqda. Uşbu örganişlar natijasida 3 ming atrofidagi davlat uluşi bor korxonalarning qaybiri xususiylaştirilişi, qaysilarida davlat uluşi kamaytirilişiga doir qaror qabul qilinadi. Şundan söng, xususiylaştirilişi kerak bölgan korxonalar tadbirkorlarga sotiladi. Bu masalalar yaqin 2-3 oyda hal böladi», - dedi Tölqin Nabiyev.