«Asaka» banki ötkazgan press-tur tong saharda Toşkent xalqaro aeroportidan boşlandi. Iştirokçilar samolyotda Samarqandga yetib kelişdi. Köhna şaharda ularga samarqandlik OAV vakillari ham qöşilişdi. Press-tur iştirokçilari uçun ilk manzil gilam işlab çiqariş böyiça mamlakatda yetakçi hisoblangan SAG (Sam Antep Gilam) korxonasi böldi. Yiliga 14 million AQŞ dollari miqdorida mahsulot eksport qiladigan mamlakatdagi yirik korxonalardan bölgan SAG aynan «Asaka» bankining mijozi hisoblanadi. Ming nafardan köproq özbekistonliklarni iş bilan ta'minlagan SAGning yillik mahsulot hajmi 240 milliard sömni taşkil qiladi. 2000 yildan buyon faoliyat yuritayotgan va bugun «Asaka» bankining işonçli mijozlaridan biriga aylangan SAG gilamlari Germaniya, Fransiya, Şveytsariya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya kabi rivojlangan davlatlarda sotilmoqda.

SAG qoşidagi yana bir korxona «Tuft and Grass» ham «Asaka» banki bilan hamkorlikni yölga qöygan. «Tuft and Grass» «Asaka» bankining 1,9 million yevro miqdoridagi mablağlari evaziga faoliyatini rivojlantirgan. 2017 yilda faoliyatini boşlagan bu korxona 15 turdan ortiq sun'iy çim va kovrolin işlab çiqaradi. Korxona mahsulotlari içki bozorda sotiş bilan birga Angliya, Belgiya, Gveytsariya, Germaniya, Turkiya kabi rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadi. 335 nafar işçi mehnat qiladigan «Tuft and Grass» yiliga 26 milliard sömlik mahsuot işlab çiqaradi.

Samarqanddagi yana bir maşhur korxona «Samarkand Euro Asia Textile» MÇJ ham «Asaka» bankining işonçli hamkorlaridan biri. Bu korxona «Asaka» bankining 39,7 milliard sömlik mablağlari evaziga biznesini yölga qöygan.

Samarqanddagi «Tong» MÇJ haqida ham şaharliklar yaxşi bilişadi. Ayniqsa silliq muqovali naşrlarni sifatli çop etişi bilan tanilgan «Tong» MÇJ «Asaka» bankining uzoq yillik mijozi bölib bankning 1 million 824 ming yevro mablaği evaziga faoliyatini rivojlantirgan. Bu korxonaning mahsulotlari Rossiya, Qozoğiston va Tojikistonga eksport qilinadi.

«Asaka» banki tomonidan bunday press-turlarni respublikaning boşqa hududlariga ham taşkillaştiriş rejalaştirilmoqda.