Kompaniya boş direktor Jinni Rometti iste'foga çiqişini, uning örnini kompaniyaning bulutli va kognitiv dasturiy ta'minot böyiça katta vitse-prezidenti Arvind Krişna egallaşini ma'lum qildi. 

Krişna boş direktor lavozimini 5 apreldan boşlab egallaydi. Şu bilan birga, kompaniya direktorlar kengaşi raisi Jyeyms Uaytxerst bölişi ma'lum qilingan.
        
Rometti IBM’ga 2012 yildan rahbarlik qilib kelgan, u kompaniyada 1991 yildan faoliyat yuritib keladi. 

Oxirgi yillarda IBM bulutli texnologiyalar bilan boğliq bir neçta kompaniyalarni sotib olgan bölsa-da, hozirda kompaniya aksiyalari Rometti boş direktor bölgunga qadar turgan narxidan 25 foiz arzonroq turadi.