Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Notarial palatasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori qabul qilindi.
Qarorda ma'lum qilinişiça, Özbekiston Prezidentining ”Özbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida” 2019 yil 9 sentyabrdagi PF-5816-son Farmoni bilan barça notarial idoralar notariuslarining a'zoligiga asoslangan Özbekiston Notarial palatasi taşkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari belgilangandi.
Notarial palata:
xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi barça notariuslarnint a'zoligiga asoslangan notijorat taşkiloti hisoblanadi, bunda davlat notarial idorasi notariusi ixtiyoriylik asosida uşbu palata a'zosi bölişi mumkin; notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oşiriladigan faoliyatiga aralaşmaslik prinsipi asosida iş yuritadi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida tuziladigan hududiy boşqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona özini özi boşqariş tizimini taşkil etadi;
Notarial palataning taşkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya uşbu palataning yuqori organi, Boşqaruv — ijro etuvçi organi, Taftiş komissiyasi — moliyaviy nazorat organi hisoblanadi;
Notarial palataning raisi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palataning konferensiyasi tomonidan uşbu konferensiya saylagan Notarial palata boşqaruvi a'zolari orasidan beş yil muddatga saylanadi.
Hujjat bilan, Notarial palataning ta'sis Konferensiyasi ötkazilganligi, unda Notarial palata ta'sis etilganligi, uning ustavi tasdiqlanganligi, Boşqaruv a'zolari, şu jumladan Notarial palataning raisi saylanganligi ma'lumot uçun qabul qilindi.












