Londonda ötgan turning markaziy öyini kutilganidek şiddatli ötdi. Bahsning 39-daqiqasida VAR tizimi orqali Orening Agueroga nisbatan qöpolligi penalti deb hisoblandi. Ammo, Gundogan tomonidan yöllangan zarbani Loris qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
Öyinning kulminatsion voqeasi 60-daqiqada yuz berdi. Qarşi hujumda Uinksga nisbatan qöpollik qilgan Zinçenko hakam tomonidan ikkinçi marta ogohlantirilib, maydondan çetlatildi.
Natijada öyindagi voqealar rivoji özgarib ketdi. Bir soat davomida öyinda ustunlik qilgan Gvardiola şogirdlari bahs tizginini Mourino jamoasiga topşirdi. Çetlatişdan uç daqiqa ötib, stadion larzaga keldi. Şu kuni öyinda debyutini nişonlagan Stiven Bergveyn ajoyib zarbasi bilan hisobni oçdi – 1:0.
71-daqiqada esa hisobdagi farq ikkitaga oşdi. Son Xyon Min jarima maydoni çiziği ustidan Ederson darvozasini nişonga oldi va yakuniy natijani örnatdi – 2:0.
Uşbu ğalabadan keyin oçkolar sonini 37taga yetkazgan «Tottenhem» turnir jadvalida «Şeffild Yunayted» va «MYu»ni ortda qoldirib, 5-öringa kötarildi. «Siti» esa mağlubiyatga qaramay, 2-örinda qoldi. Ammo peşqadam «Liverpul» bilan farq 22 oçkoga yetdi.
APL. 25-tur. 2 fevral (yakşanba)
Tottenhem – Mançester Siti 2:0
Gollar: 1:0 – 63 Bergveyn, 2:0 – 71 Son Xyon Min.
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Sançes, Tanganga, Lukas Moura, Alli (Ndombele, 70), Son Xyon Min, Lo Çelso, Bergveyn (Lamela, 70), Uinks.
Mançester Siti – Ederson, Otamendi, Zinçenko, Uoker, Fernandino, Rodri Ernandes, Gundogan, Mahrez, de Bryuyne, Sterling, Aguero (Joau Kanselu, 64).
Noaniq penalti: Gundogan, 39 (darvozabon).
Ogohlantirişlar: Sterling (12), Uoker (33), Alderveyreld (42), Zinçenko (42), Lo Çelso (66).
Çetlatiş: Zinçenko (60).
APL 25-turidan keyingi turnir jadvali:













