Norma davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari yoki ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), şu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq bölmagan hujjat çiqarilişi natijasida fuqaroga yoki yuridik şaxsga yetkazilgan zararni davlat yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan qoplaş majburiyati yuzasidan körsatma beradi.
 
Biroq, Norma’ning yozişiça, ayni paytga qadar bunday zarar qoplanadigan manbalar qonun hujjatlarida töğridan-töğri körsatilmagan edi. Bunday vaziyat umuman kompensatsiya mexanizmining me'yordagi işini savol ostiga qöyib, biznes va jamiyat manfaatlariga javob bermas edi.
 
Huquqiy böşliqni töldiriş, normalarning töğridan-töğri ta'sir kuçiga ega bölişi, huquqni qöllaş amaliyotini töğrilaş uçun Konstitutsiyaviy sud özining qonunçilik taşabbusi huquqidan foydalanib, Parlamentga tegişli tuzatişlarni kiritdi.
 
Natijada zarar davlat organlarining budjetdan taşqari mablağlari yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organlari mablağlari hisobidan qoplanişi belgilandi. Agar organ tugatilgan bölsa yoki uning mablağlari yetarli bölmasa yoxud unda budjetdan taşqari mablağlar mavjud bölmasa, Davlat budjeti qoplaş manbasi böladi.
 
Tuzatişlar 23.01.2020 yildan kuçga kirdi.