Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasida kuzatilgan qator kamçiliklar tufayli Regulation.gov.uz portali Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilgan. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalist va blogerlar bilan uçraşuvda ma'lum qildi.
Uçraşuvda muhokamaga qöyilayotgan qonun hujjatlarining tili juda murakkab ekani, köp hollarda qabul qilinadigan qonun hujjati bilan amalda nimalar özgarişini köp hollarda tuşunib bölmasligi, ayrim hollarda hujjatlar «jamoatçilik muhokamasiga qöyildi» degan qayd uçungina nomiga portalga joylanayotgani aytildi.
Xususan, stipendiya masalasidagi hujjat jamoatçilik noroziligiga sabab bölgan, köplab taklif-mulohazalar bildirilgan bölsa-da, hozirgaça uşbu takliflarning qaysilari inobatga olingani, qaysilari rad etilgani haligaça oçiqlanmayotgani bildirildi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasida muammolar bölayotgani uçun yaqinda Regulation.gov.uz saytiga rahbarlik qiliş vazifasi Adliya vazirligiga topşirilgan. Çindan ham qaysidir qonun hujjatiga özgartiriş yo qöşimça kiritilayotganda, aynan nima özgarayotganini tuşuniş juda qiyin. Masalan, qaysidir moddaning falon bandidagi qaysidir sözlar mana bu sözlarga almaştirilsin deb yoziladi odatda. Uni öqigan odamda oldin qanaqa edi bu hujjat, nega özgaryapti, endi nima böladi, degan savollar tuğilişi tabiiy.

Şuning uçun biz yaqinda tahliliy ma'lumotlar berişni majburiy qilib qöymoqçimiz. Buning uçun platformamiz tayyor bölişi kerak. Regulation.gov.uz portali butkul yangilanadi. Bu böyiça iş olib borilyapti», deya Ruslanbek Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning sözlariga köra yangilanayotgan portalda qabul qilinayotgan qonunlar jadval şaklida beriladi, foydalanuvçi undan hujjatning avvalgi holati va qabul qilingandan söng nima özgarganini körib turadi.
«Hujjat loyihasi muhokamasi böyiça neçta taklif yoki e'tiroz kelib tuşgani, ularning qançasi inobatga olingani, qançasi nima uçun inobatga olinmagani ham jadval körinişida ommaga taqdim etiladi. Ertaga hujjat qabul qilinib, huquqiy ekpertizadan ötkaziş uçun adliya vazirligiga kelganidan söng ana şu narsalarni talab qilamiz.
Muhokamaga qöyilayotgan qonun loyihalari böyiça Boş vazir har doim rayosat yiğilişida muhokama davomida qança taklif kelib tuşgani, şundan qançasi qonun hujjatida aks etgani, şundan eng ahamiyatlilari qaysilar deb söraydi. Faqat bitta narsani aytişim kerak, jamoatçilik nazorati böyiça qonunga köra ham qaysidir taklifni oliş mumkin emas. Nimaga olmaganini tuşuntirib berolsa böldi. Inobatga olingan bölsa, nimaga inobatga olinganini yozib qöyiş kerak. Bugungi kunda şu narsani barça idoralardan talab qilyapmiz», deydi Ruslan Davletov.











