«Optimist» loyihasining navbatdagi qahramoni Oydinoy Yöldoşeva – Toşkent şahridagi 77-sonli ixtisoslaştirilgan közi ojizlar maktab internatining 10-sinf öquvçisi.

U 2016 yilda Yaşnobod tumanidagi 17-sonli musiqa va san'at maktabining akademik vokal yönalişini tugatgan.

«Musiqa maktabiga kirganimda 7 yoşda edim. Boşlanğiç sinf öqituvçimiz qattiqqöl bölgani sabab ikkalasini birday olib borişga qiynalganman. Lekin qiziqqanim uçun buning uddasidan çiqdim», – deydi Oydinoy.

Hozir musiqa maktabini tugatgan bölsa-da, Oydinoy u yerda qöşimça tarzda ustozi Islom Ismoilov bilan birgalikda şuğullanadi.

«Çet elda sahnaga çiqiş katta mas'uliyat bölgan...»

Oydinoy Yöldoşeva 2019 yilda özi birga ta'lim oladigan maktabdoşi  Samira Tolipova bilan Moskva şahrida ötkazilgan «Belaya trost» xalqaro festivalida qatnaşgan.

«Aslida ingliz tilini yaxşi örganib, şu asosida kelajagimni yaratmoqçi edim. Atrofimdagilar – ustozlarim, örtoqlarim musiqaga iqtidorim borligi va şu yönalişni tanlasam, yaxşiroq bölişi haqida köp bora aytişardi. Biroq men heç qaçon fikrimni özgartirmoqçi emasdim.

Lekin 2018 yili Qarşi şahrida ötkazilgan respublika tanlovlarining birida qatnaşiş qat'iy qarorga kelişga, musiqa bilan jiddiy şuğullanişimga sabab böldi», – deydi u.

Oydinoy Moskvada kuylagan qöşiği haqida ham taasssurotlarini gapirar ekan, birinçi marta katta sahnaga vatani nomidan çiqişi unga katta mas'uliyat yuklaganini ta'kidlab, bundan keyin ham tanlovlarga qatnaşişdan, ularga tayyogarlik köriş uçun mehnat qilişdan qörqmasligini aytdi.

«Özimizga kerakli kitobni topişga qiynalamiz...»

Oydinoy böş vaqtlarida musiqa tinglaşdan taşqari badiiy adabiyotlar öqişni ham yoqtiradi. Biroq uning ta'kidlaşiça, kerakli kitoblarni Brayl yozuvidagi variantini topiş oson bölmaydi.