Bu haqda Forbes naşri xabar berdi. Soliqlar tölangandan keyin milliarderning uşbu amaliyotdan olgan sof daromadi 1,3 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Bezos aksiyalarini nima uçun sotişga qaror qilgani sababi noma'lum. U har yil milliardlab dollarlik aksiyalarini sotadi. Misol uçun, 2019 yil iyul-avgustida tadbirkor 2,8 mlrd dollarlik aksiyani sotib yuborgan. Öşanda ham bunga izoh berilmagan.
2017 yilda Bezos koinot tadqiqotlari bilan şuğullanuvçi Blue Origin kompaniyasiga pul töplayotganini ma'lum qilgandi.
30 yanvarda Amazon aksiyalari narxi kompaniyaning çoraklik hisoboti e'lon qilingandan keyin jadal yuqorilagan. Öşanda Bezos elektron savdolar vaqtida 15 daqiqa içida 13 mlrd dollarga boyib, umumiy boyligi 129,5 mlrd dollarga baholangandi.
Forbes ma'lumotlariga köra, hozirda tadbirkorning boyligi 125,8 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.












