Bu haqda CNN Turk naşri xabar berdi. Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 738 samolyoti qöniş vaqtida aeroportning uçiş-qöniş yölakçasida töxtay olmay, undan 60-70 metrga çiqib ketgan va 40 metrlik jarlikdan pastga qulab, uçga bölaklanib, yonib ketgan.
Samolyot bortida 171 yölovçi va ekipajning 6 a'zosi bölgan. Heç kim halok bölmagan, biroq 52 kişini şifoxonaga jönatişga töğri kelgan. Barça yölovçilar evakuatsiya qilingan.

Dastlabki taxminga köra, falokatga samolyotning qönişi vaqtidagi kuçli şamol sabab bölgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 18 atrofida yuz bergan voqeadan keyin aeroportda parvozlar vaqtinçalik töxtatilgan.













