«Maxsus topşiriqli harbiylar joylaşgan 150ta yuk maşinasi, harbiy texnikalar va öq-dorilarni taşuvçi maşinalardan iborat kolonna Xatay viloyatining Rayhonli tumanidagi Suriya bilan çegara hududiga yetib bordi.  u yerdan Suriyaga yöl oladi», deya yozadi Anadolu agentligi.

Turkiya Idlibdagi kuzatuv punktlarini tark etmasligi va ularni mustahkamlamoqçiligi haqida Turkiya prezidentt Rajab Toyyib Erdöğan 4 fevral kuni ma'lum qilgandi.

Bu Suriya armiyasining havo zarbalaridan keyin bu hududda turkiyalik beş nafar askar va oddiy aholining uç nafar vakili halok bölişi ortidan röy bergandi.

5 fevral kuni Erdöğan RF prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat çoğida Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbini Suriya rahbari Başar Asadni Suriya Arab Respublikasi armiyasining Idlibga hujumni töxtatiş va turklarning kuzatuv punktlaridan uzoqroq bölişga köndirişga çaqirgandi.

Suriya şimoli-ğarbidagi vaziyat
Rossiya, Eron va Turkiya 2017 yilning mayida Qozoğiston poytaxti Ostonada (hozir — Nur-Sulton) Suriyada törtta deeskalatsiya zonasi taşkil etiş böyiça kelişuvga erişgandi.

Bu hududlardan uçtasi 2018 yilda Damaşq nazoratiga ötgan. Törtinçisi, Idlib viloyatida joylaşgan, Lataqiya, Hama va Halab viloyatlari bilan qöşni bölgan hududga hozirça Suriya armiyasi kirib kela olmagan. Bu hududning katta qismini «Jibhat an-Nusra» guruhi nazorat qilmoqda.

2018 yilning sentyabrida Rossiya va Turkiya Soçida ayni vaqtda öndan ortiq turli qurolli guruhlar joylaşgan Idlibda harbiylardan xoli hudud taşkil etiş böyiça kelişuvga erişdi. Bu guruhlarning asosiylari — turklar tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Milliy ozodlik fronti» va «Jibhat an-Nusra» bölib, ularning tarkibida 30 mingdan ortiq jangçi bor.

2020 yilning 26 yanvarida Suriya armiyasi Halab şarqiga bu hududdagi jangarilar tomonidan şaharga doimiy ravişda zarbalar berib kelinayotgani oqibatida tinç aholi vakillari halok bölayotganini rökaç qilib hujum boşladi.

Uç kun ötib Başar Asad armiyasi 2012 yildan buyon muxolifat nazoratida bölib kelgan Maaret-Nuuman şahrini ayirmaçilardan tortib oldi.

Idlibda eskalatsiya qaytalanişida rasmiy Anqara va uning ittifoqçilari Damaşq va Moskvani ayblamoqda, ular gumanitar obektlar va turk harbiylariga hujumlarda ayblangan. Rossiya va Suriya esa mintaqadagi beqarorlikni ayirmaçilarning harakatlari oqibati sifatida baholamoqda.