Ta'kidlanişiça, kompaniya iste'molçilarga iPhone smartfonlari operatsion tizimi yangilanişi qurilmalarning işlaşini sekinlaştirişini ma'lum qilmagani uçun jarimaga tortilgan. Bu haqda Politico naşri xabar berdi. 

“Iste'molçilar ayfonlaridagi operatsion tizimning eski versiyasiga qayta olişmagaç, qurilmalaridagi akkumulyatorlarni almaştirişga va hattoki yangi telefon sotib olişga majbur bölişgan”, deb aytgan iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş boşqarmasi boş direktori.

Apple’ga qarşi iş nohukumat taşkilotining şikoyatidan keyin körib çiqilgan. Taşkilot AQŞ kompaniyasi iste'molçilar yangi telefonlar sotib olişi uçun eski telefonlari işlaşini sekinlaştiruvçi yangilanmalarni ataylab çiqarişda ayblagan. 

Biroq tergov kompaniya “atayin şundan qilganining” isbotlarini topa olmagan. Ammo iste'molçilar telefonlari iOS operatsion tizimi yangilangandan keyin sekinroq işlaşidan ogohlantirilmaganlar va şu sababli Apple ularni yangliştirişda aybdor deb topilgan.

“Apple’ga solingan 25 mln dollarlik jarima kompaniyalarga ular iste'molçilarga xavfsiz va barqaror mahsulot sotişga javobgar ekanliklari haqida eslatmadir”, deb aytgan Fransiya iqtisodiyot vazirligi kiçik vaziri Agnes Pane-Runaxer.  

Öz navbatida Apple matbuot kotibi “kompaniyaning maqsadi doimo xavfsiz mahsulotlarni işlab çiqariş va iPhone’larning iloji boriça köproq xizmat qilişi bölganini hamda tergov natijalaridan köngillari töqligini” ta'kidlab ötgan.