Joriy yilning 7 fevral kuni Moliya vazirligida boş vazir örinbosari va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov Fransiya Taşqi işlar vazirligining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya böyiça maxsus vakili Paskal Loro bilan uçraşdi.

Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda tomonlar mamlakatlarning sayyohlik, energetika, geologiya, qişloq xöjaligi, fuqaro aviatsiyasi, transport va logistika sohalarida özaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlaş va va rivojlantirişga qiziqişi yuqori ekanligi qayd etişdi.

Paskal Loro Fransiya kompaniyalarining joriy yil mart oyida bölib ötadigan Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga yuqori qiziqişini alohida ta'kidladi.

P.Loro Fransiyaning Renault Group va EDF Energy Group kabi bir qator yirik kompaniyalar Özbekistonga qiziqiş bildirayotganini ham aytib, EDF Energy Group DXŞ asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qiliş loyihasi böyiça Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda iştiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi.

Öz navbatida, Moliya vazirligi Özbekiston Fransiya bilan keng kölamli hamkorlik portfeliga ega ekanligini ta'kidladi. Xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi, Veolia Environment va Total Eren bilan hamkorlikda qator yirik loyihalar rejalaştirilgani va amalga oşirilayotgani qayd etildi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning oktabr oyi boşida DXŞ agentligi, Energetika vazirligi hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatida DXŞ asosida 1300 MVt quvvatga ega IES quriş böyiça tender tanlovini ötkaziş va tegişli hujjatlarni tayyorlaş böyiça xizmat körsatişga oid şartnoma imzolangan.

Sirdaryo IES – Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida joylaşgan bölib, Markaziy Osiyodagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning umumiy quvvati – 3000 MVt (har biri 300 MVt quvvatga ega önta energoblok). Yangi IES eskisidan bir kilometr uzoqlikda qurilişi rejalaştirilgan.