Xitoyda koronavirusning yangi turi tufayli kelib çiqqan pnevmoniyadan vafot etganlar soni 722 nafarga yetdi, 34 546 kişida kasallaniş holati qayd etildi. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat soğliqni saqlaş idoralariga tayangan holda xabar bermoqda.
Şu tariqa, qurbonlar soni bir kunda 88 kişiga ortdi. Bir kun oldin rasmiy ravişda 636 nafar kişi hayotdan köz yumgani hamda 31,1 ming kişi kasallangani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Yangi ölim va kasallaniş holatlarining aksariyati 2019-nCoV koronavirusining tarqaliş öçoği hisoblangan Uxan şahri (Xubey provinsiyasi)da qayd etildi. Xitoyning boşqa provinsiyalarida yana bir neça kişi hayotdan köz yumgani aytilmoqda.
Avvalroq, OAV koronavirusning yana bir «aybdori» topilgani töğrisida ma'lum qilgandi.

Foto: REUTERS/Kham
Pangolinlar yangi turdagi koronavirusning oraliq egasi bölişi mumkin. Osiyoda tansiq ovqat hisoblanuvçi uşbu sutemizuvçilarning göşti orqali kasallik odamlarga yuqqan bölişi mumkin.
Reuters bu haqdagi yangi ma'lumotni 7 fevral kuni Janubi-Xitoy qişloq xöjaligi universiteti xodimlari rahbarligidagi olimlar guruhi tadqiqotiga asoslanib xabar qildi.













