Dekabr oyi oxirida qayd etilgan koronavirusning tarqalişi fevral oyining ikkinçi yarmida eng yuqori darajaga yetişi mumkin. Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklarni tadqiq qiliş maktabi olimlari şunday xulosaga kelişdi, ular Uxan va Xubey provinsiyasidagi kasallaniş töğrisidagi ma'lumotlarga asoslangan matematik modelni yaratdi, deya xabar tarqatdi Bloomberg.
«Vaziyat noaniq, şuning uçun aniq sanani aytiş muammo. Ammo, mavjud ma'lumotlarga asoslanib şunday taxmin qiliş mumkinki, Uxanda kasallik çöqqiga çiqqanida uşbu şahar aholisining qariyb 5 foizi kasallanadi, ya'ni taxminan 500 ming kişi», - dedi dastur mualliflaridan biri Adam Kuxarskiy.
Olimlar tomonidan keltirilgan raqamlar rasmiy ma'lumotlardan ança yuqoridir, unga köra dunyo böylab 37 ming kişi kasallangan. Biroq, mutaxassislar fikriça, bu raqamlar juda ham pasaytirib körsatilgan. Bazel universiteti professori Manuel Battegayning ta'kidlaşiça, kasallik yengil şaklda ham keçişi hisobga olinsa, unda u hali köpçilikda aniqlanmadi.
JSST ma'lumotlariga köra, yangi koronavirus topilgan bemorlar orasida 4,3 foizi oğir ahvolda edi. Bu holatda ölim darajasi taxminan 3 foizni taşkil etdi. Ammo, agar aksariyat odamlar juda yengil şaklda kasallangan deb hisoblansa, unda ölim darajasi 1 foizdan ança past böladi.
Honkong universiteti vakili Benjamin Koulingning fikriça, keyingi ikki hafta haqiqatan ham hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi, sababi bu davrda kasallik butun dunyo böylab tarqaladimi yoki Xitoy hukumati tomonidan körilgan karantin çoralari samarali böldimi, degan savolga javob topiladi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyo böylab 37 552 kişi yangi koronavirus bilan kasallangan. 813 kişi vafot etdi. Xitoyning materik qismidan taşqarida ikkita ölim holati qayd etildi: Honkong va Filippinda.













