8 fevral kuni Buxoro viloyati Şofirkon tumanida Xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Viloyat hokimi Öktam Barnoyev iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körildi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, Markaziy bank Buxoro viloyat Boş boşqarmasida turli lavozimlarda, sönggi vaqtlarda boşqarma boşliği vazifasida işlab kelgan Şukrullo Xayrullayeviç Hakimov Şofirkon tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Şukrullo Hakimov 1984 yilda Şofirkon tumanida tuğilgan, Toşkent Moliya institutini tamomlagan.

2019 yilning yozidan buyon Şofirkon tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölgan Uyğun Ğafforov qişloq xöjaligi masalalari böyiça tuman hokimi örinbosari lavozimiga qaytgan.