Bugun, 22 dekabr kuni Buxoro viloyati Şofirkon tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, sessiyada sözga çiqqan Botir Zaripov oxirgi yillarda Şofirkon tumanidagi dolzarb muammolarni hal qiliş, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlarni yangi darajaga kötariş borasida sezilarli özgarişlar qilinganini qayd etdi. Şu bilan birga, bugungi davr yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini oşiriş uçun oldinga muhim va keng qamrovli vazifalarni qöyayotgani ham ta’kidlandi.
Şundan söng, Şukrullo Hakimovni Şofirkon tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qaror deputatlarga öqib eşittirildi. Uşbu masala ovozga qöyilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Viloyat hokimining Jamşid Fazliddinoviç Şaropov nomzodini Şofirkon tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarori deputatlarga ma’lum qilindi. Muzokaralardan söng nomzodni Şofirkon tumani hokimi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Jamşid Şaropov 1984 yilda Ğijduvon tumanida tuğilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universitetini, 2009 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Mutaxassisligi — iqtisodçi.
U mehnat faoliyatini 2002 yilda «Paxtabank»ning viloyat boşqarmasi mutaxassisi sifatida boşlab, «Agrobank»ning viloyat boşqarmasida bölim boşliği örinbosari, Buxoro şahar filiali boşqaruvçisi, 2014-2020 yillarda «Agrobank»ning viloyat boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
U ayni vaqtga qadar Markaziy bank viloyat boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Ma’lumot uçun, Şofirkon tumanining avvalgi hokimi, 2020 yil fevralida lavozimga tayinlangan Şukrullo Hakimov ham öz vaqtida Markaziy bankning Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği bölgan. Hozirça uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
















