Xitoy ayni vaqtga kelib yangi turdagi koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun 71,8 mlrd yuan (10,3 mlrd dollar) mablağ ajratdi. 

Bu haqda Xitoy moliya vazirligi ma'lum qildi.

“Yangi turdagi koronavirus keltirib çiqaruvçi zotiljam avj olişi boşidanoq biz öz zimmamizga moliyaviy majburiyatlarni oldik, epidemiyaga qarşi kuraş uçun moliyalaştirişni köpaytirdik”, deb aytilgan xabarda. 

Ma'lum qilinişiça, 8 fevral holatiga köra, Xitoyning barça darajadagi moliyaviy muassasalari koronavirusning oldini olişga 71,8 mlrd yuan ajratgan.

Bu qiymatdan markaziy hukumat 17,3 mlrd yuanini (2,5 mlrd dollar) ajratgan.

Ta'kidlanişiça, mablağlar fuqarolarning diagnostika ötkazişi va davolana olişlari uçun yönaltiriladi. “Vositalar, şuningdek, virusga qarşi har bir hududning sa'y-harakatlari moliyaviy çeklovlarga ega bölmasligiga qaratiladi”, deyilgan xabarda.