Bugungi suhbatdoşimiz Davrbek Imomovning lavozimi rasman quyidagiça ataladi – «Hududiy elektr tarmoqlari» aksionerlik jamiyati qoşidagi elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişni avtomatlaştiriş tizimini joriy qiliş hamda muvofiqlaştiriş direksiyasi direktori.

Mehmonimiz bilan «aqlli hisoblagiçlar» nega «köp hisoblaşi», tabaqalaştirilgan tizim qaçon işga tuşişi, umuman, yangi tizim yölga qöyilsa, elektr ta'minotiga qanday ta'sir qilişi haqida suhbatlaşdik.

– Davrbek, ASKUE, «aqlli hisoblagiçlar», avtomatlaştirilgan tizim özi nima?

– Avtomatlaştirilgan tizim bu inson omili ta'sirisiz hisoblagiç körsatkiçlarini qayd qiliş, qarzdorlik mavjud bölganda tarmoqdan ajratiş, qarzdorlik bartaraf etilgandan keyin tarmoqqa qayta ulaşning avtomatlaştirilgan mexanizmi hisoblanadi.

Bundan taşqari bu diagnostika vazifasini ham bajaradi. Xalq tili bilan aytganda «tizim şifokori» hisoblanadi, ya'ni «kasallik» qaysi hududlardaligini, qayerda yöqotişlar köp, qaysi hududda tarmoqni rekonstruksiya qiliş kerakligini aniqlaş mumkin.

Dunyoda şu tizimga yuz foiz ötgan yagona davlat Italiya hisoblanadi. Boşqa davlatlarda qisman joriy qilingan, hattoki ayrim rivojlangan davlatlarda hali-hanuzgaça induksion mexanik hisoblagiçlardan foydalanib kelinmoqda.

Avtomatlaştirilgan tizim juda köp afzalliklarga ega şu bugungaça nazoratçilar fuqarolarni har-xil xizmat vazifalari bilan bezovta qilgan bölsa, bu tizimda heç kim fuqaroni bezovta qilmaydi. Turli tamagirlik holatlari kamayadi, debitor qarzdorlik ösişiga yöl qöyilmaydi, undirilgan mablağlar tizimni rivojlantirişga tarmoqlar sifatini yaxşilaşga sarflanadi, tarmoqda tijorat yöqotişlarni aniqlaşga hamda kamaytirişga xizmat qiladi.

2020 yilda 4,5 mln dona hisoblagiç örnatilişi rejalaştirilgan bölib, bu jarayonga 3000dan ortiq mutaxassislar jalb qiliş kerak böladi.

– Köpçilikni bir savol qiynaydi: yangi örnatilayotgan hisoblagiçlar köp hisoblaydimi? Hatto «çiroq öçgan» paytlarida ham hisoblagiç işlayverayotgani aytiladi.

–  Yangi, zamonaviy hisoblagiçlar işlab çiqarilayotgan zavodlarda har bir hisoblagiç inson omili ta'sirisiz alohida, bir neçta bosqiçli köriklardan ötkaziladi. Ya'ni davlat metrologik körsatkiçlari talabiga javob bermasa, yaroqsiz deb topiladi va foydalanişga çiqarilmaydi.