Vazirlar Mahkamasining «Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berişni taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Unga köra, 2020 yilning 1 martidan e'tiboran, Özbekiston Milliy universiteti bazasida binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini taşkil etiş va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beriş amaliyoti tajriba tariqasida uç yil muddatga joriy etiladi.
Şuningdek, qaror bilan binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida talabgorlarga fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beriş tartibi töğrisidagi nizom, binar (ikkitalik) himoya tizimi asosidagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) diplomining davlat namunasi tasdiqlangan.
Tajriba davomida ÖzMU binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasini taşkil etadi va ilmiy darajalarni talabgorlarga mustaqil beradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiyalar himoyasi monitoringini amalga oşiradi.












