Qurilişi 2018 yilning may oyida boşlangan mazkur loyiha mamlakatdagi dastlabki uç poğonalik transport yeçimi hisoblanadi, deb xabar bermoqda “Özbekiston temir yöllari” AJ axborot-tahliliy media markazi.

Qayd etilişiça, uning atrofida birorta ham svetoforlar bölmaydi. Avtomobillar barça yönalişda töxtovsiz harakatni davom ettirişi tufayli tirbandliklarning oldi olinadi. 

Uşbu transport yeçimi “Köprikqurilişloyiha” UK hamda “Boştransloyiha” AJ mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan bölib, unga köra Ohangaron va Parkent köçalari umumiy uzunligi 502 metr bölgan tunnel uslubidagi yöl ötkazgiç bilan boğlanadi. 

Tunnelning kengligi 26,7 metr, köprik osti balandligi esa 5,5 metrni taşkil etadi. Loyihaning ikkinçi poğonasida 2 ta yöl ötkazgiç barpo etilişi bilan umumiy diametri 329, 2 metrli halqasimon yöl harakati taşkil etilmoqda. Uçinçi poğonasi esa Maxtumquli va Şarqiy aeroport köçalarini boğlovçi umumiy uzunligi 593 metr, kengligi 26 metr bölgan yöl ötkazgiçdir. Uning 411 metri estakada, 182 metri esa tayanç devorli qismdan iborat.

Mazkur işlar “Özbekiston temir yöllari” AJ tarkibidagi “Köprikquriliş tresti” UK tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kungaça bunyodkorlik yumuşlarining 90 foizidan ortiği bajarildi. 

Bugungi kunga kelib uçala poğonada ham beton yotqiziş işlari tugatilgan bölib, yer osti va estakada yönalişining ikki tomoniga piyodalar yölaklari qurildi va bordyurlar örnatilib çiqildi. Ayni paytda loyihaning uçinçi poğonasidagi piyodalar yuradigan yölaklardagi beton tösiqlarga körkam metall konstruksiyalari örnatilib, asfalt bilan qoplanmoqda. Şuningdek, elektr energiyasi tarmoqlari ham tortilib, yoritiş tizimi uskunalarini örnatişga tayyorgarlik jarayoni boşlab yuborildi. Mazkur yöl ötkazgiç bitgaç, tirbandliklar oldi olinib, ötkaziş imkoniyati soatiga 21 mingtaga yetadi. 

Hozirda qurilişda 100 nafardan ortiq işçi-xodimlar mehnat qilayotgan bölib, 50 ga yaqin zamonaviy texnikalar jalb etilgan. 

Mutaxassislarning aytişiça, tez orada loyihadan örin olgan barça quriliş işlari yakunlanib, uç poğonali transport yeçimi foydalanişga topşirilişi rejalaştirilmoqda.