Turkiya Mudofaa vazirligi duşanba kuni Suriya şimolida, Idlib viloyati hududidagi kuzatuv punktlariga Başar Asad armiyasi tomonidan hujum uyuştirilgani va bu hujum oqibatida beş askar halok bölib, yana beş askar jarohatlangani haqida ma'lum qilgan.

«Suriya hukumati harbiylari tomonidan Idlib hududida amalga oşirilgan artilleriya hujumi oqibatida beş nafar askarimiz halok bölib, beş askar jarohatlandi. Javob zarbasi qaytarildi», - deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltiradi NTV telekanali.

Ma'lum qilinişiça, turk harbiylari Suriya armiyasining pozitsiyalariga «javob zarbalari qaytargan».

Qayd etiş kerakki, bu Suriya hukumati armiyasi bir hafta muddat içida ikkinçi marta Idlibdagi armiyaçilarni qöllab-quvvatlab kelayotgan turkiyalik harbiylar ölimi bilan yakunlangan hujum uyuştirişi bölmoqda. Ötgan yil oxirida Başar Asad armiyasi Idlibga yuriş boşlagandi. 3 fevral kuni Turkiyaning 8 nafar harbiysi halok bölgani töğrisida xabarlar tarqalgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan öşanda  Turkiyaning javob zarbasidan 76 nafar suriyalik askar halok bölganini aytgandi. U 5 fevral kuni Suriya harbiylari oy oxiriga qadar turklarning Idlibdagi kuzatuv punktlaridan uzoqlaşişi kerakligini aytib, aks holda keng kölamli hujum boşlaş bilan tahdid qilgandi. Bu postlar 2017 yilda Rossiya, Turkiya va Eron örtasidagi kelişuvga muvofiq taşkil etilgandi.

Turkiya Idlibdagi kuzatuv postlarini kuçaytiriş uçun harbiy jönatmoqda Foto: AFP

Sönggi kunlarda Turkiya harbiylari faollik bilan Idlibdagi postlarni mustahkamlaşmoqda. 8-9 fevral kunlari Anqara maxsus topşiriqli harbiy bölinmalarini hamda zirhli texnikalarini Suriya şimoliga yuborgan. OAV ma'lumotiga köra, Idlibdagi bazalarga 1240ta harbiy texnika (tanklar, zirhli texnikalar va öq-dori ortilgan maşinalar) hamda 5 ming askar kelib