Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesusning ma'lum qilişiça, taşkilot koronavirusni COVID-19 deb nomladi.
“Rasmiy nom noaniq yoki tahqirlovçi boşqa nomlar qöllanişi oldini oliş uçun talab etiladi. JSST, FAO va Butunjahon hayvonlar soğliğini saqlaş taşkiloti örtasida mavjud qoidalarga köra, biz geografik nom, hayvon, odam yoki odamlar guruhi bilan boğliq bölmagan, şu bilan birga kasallik bilan boğlangan va talaffuz etilişi oson bölgan nom topişimiz kerak edi”, deb aytgan Gebreyyesus Jyenevadagi matbuot anjumanida.
JSST rahbarining tuşuntirişiça, nomdagi CO birikmasi koronavirusni, VI - virusni va D kasallikni anglatadi, ya'ni COVID “Corona Virus Disease” (koronavirus bilan çaqiriluvçi kasallik) iborasining qisqartmasi hisoblanadi. “19” soni esa u aniqlangan yil – 2019 yilni anglatadi.
Bungaça koronavirus 2019-nCoV (“2019 yildagi yangi koronavirus”) deb atalib kelinayotgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 1018 nafarni, kasallanganlar soni esa 42708 nafarni taşkil qilmoqda.













