Turkiya hukumati Suriyaning Idlib viloyatiga bu hududda öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilinişini ta'minlaş uçun qöşimça harbiy jönatadi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qilgan.

«Biz öt oçişni töxtatiş sulhiga rioya etilişini ta'minlaş va unga doimo amal qilinişi uçun qöşimça harbiylar jönatmoqdamiz. Biz hududni nazorat qilamiz», — deya uning sözlarini keltirmoqda Anadolu.

Vazirning sözlariga köra, Turkiya öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilmaydiganlarga qarşi barça çoralarni köradi, jumladan, harbiy kuçlarni ham qöllaydi.

Avvalroq Pentagon Suriyaning Idlib viloyatida turkiyalik harbiylarga razvedka ma'lumotlari va harbiy anjomlarni yetkazib beriş borasida yordam körsatişga tayyorligi xabar qilingandi.