Litva prezidenti Gitanas Nausedaning ma'lum qilişiça, AQŞ Boltiqböyida «Rossiya tahdidi»ni tiyib turişga yordam bermoqda. U bu haqda Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida aytib ötdi, deya xabar beradi davlat rahbari matbuot xizmati.

«AQŞ va NATO böyiça boşqa ittifoqçilarning kömagisiz biz Rossiya tahdidini samarali tiyib tura olmasdik. Litvadagi NATO kuçlari imkon qadar tayyor bölişi juda muhim», - dedi Nauseda.

Prezident qöşimça qilişiça, Litvaning geografik va geosiyosiy joylaşuvi resurslardan samarali foydalanişni talab qiladi. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Boltiqböyi mamlakatlari xavfsizligi va suverenitetining har qanday buzilişi qat'iy reaksiya va qasosga olib kelişi mumkinligi haqidagi signal kuçli tiyib turuvçi omil sanaladi.

2019 yil dekabr oyida NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg alyans Turkiya ilgari tösiq qöygan Boltiqböyi va Polşa böyiça mudofaa rejasini ma'qullagani haqida xabar berdi. Anqara öz roziligi evaziga YPG kurd qurolli tuzilmalariga qarşi kuraşda kömak taqdim etilişini talab qildi.

Kuzda Amerika tanklari Litvaning Belarus bilan çegaraga yaqin hududida joylaştirildi. Öşanda Nauseda ular Minskni qörqitiş uçun emas, balki öz mamlakati fuqarolarini himoya qiliş uçun kerakligini ma'lum qildi.

Kuni keça Pabrade şahri (Belarus çegarasidan 15 km uzoqlikda) yaqinida Texasdan kelgan Amerika armiyasining tanklar bataloni maşqlar ötkazdi, deya xabar bermoqda Euronews. Texniklarni közdan keçiriş jarayonida AQŞning Vilnyusdagi elçisi Robert Gilkrist ham iştirok etdi.

NATO Polşa va Boltiqböyi davlatlaridagi Defender-2020 maşqlari biron bir davlatga qarşi qaratilmaganini bildirmoqda. Biroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning «Rossiyskaya gazeta»ga intervyuda qayd etişiça, bunday maşqlar Moskvada katta taşviş uyğotmoqda, sababi ular keraksiz xavfni keltirib çiqaradi. «Bunday mutlaqo asossiz maşqlarni ötkaziş taşabbusi bilan çiqayotganlar keskinlikning yanada kuçayişiga olib keladigan javob çoralari kelib çiqişini istamoqda», - dedi RF taşqi siyosat idorasi rahbari.