Innovatsion rivojlaniş vazirligida Matematika fanini rivojlantiriş böyiça işçi guruhning kengaytirilgan yiğilişi ötkazildi.
Muhokamada maktab öquvçilari uçun matematika fanidan oddiy va tuşunarli tilda yozilgan darsliklarni va öquv qöllanmalarni yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar körib çiqildi. Işçi guruh a'zolariga maktab darsliklarini tanqidiy körib çiqib, darsliklardagi xato va kamçiliklarni belgilaş, darsliklarni takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş zarurligi ta'kidlandi.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand va Namangan viloyatlarida Fanlar akademiyasining Matematika instituti bölinmalarini taşkil etiş böyiça köriladigan işlar tahlil qilindi.
Işçi guruh a'zolari matematika fanini rivojlantirişga qaratilgan turli çora-tadbirlarning öz vaqtida bajarilişi böyiça qilinayotgan işlar yuzasidan ma'lumot berdilar. Xususan, 2020 yil davomida matematika fani böyiça öquvçi, talaba va öqituvçilar örtasida turli nominatsiyalar böyiça tanlovlar ötkazilişi, har bir tuman markazida faoliyat olib borayotgan maktablar negizida bittadan matematika faniga ixtisoslaşgan maktablarni taşkil etilişi rejalaştirilgan. Mazkur maktablarda faoliyat körsatadigan öqituvçilarga qöşimça ustama haqlari tölaş masalasi ham örganilmoqda.
2020 yilning yakuniga qadar esa matematika fanidan bilimlarni baholaş böyiça milliy sertifikatlaştiriş tizimi joriy etiladi. Bundan taşqari, Prezident va ijod maktablari, tuman markazlaridagi ixtisoslaşgan maktablarga taniqli matematik-olimlar biriktiriladi.
Şu bilan birga qator vazirlik va idoralar, xususan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoatni rivojlantiriş vazirligi, Davlat test markazida ham maxsus işçi guruhlar taşkil etilayotgani ma'lum qilindi va hamkorlikda matematika sohasidagi işlarni birdamlikda amalga oşirişga kelişib olindi.












