Xitoy hukumati koronavirus epidemiyasi tarqalişi böyiça ma’lumotlarni nazorat qilişga urinmoqda / Getty Images

Fan Bin va Çen Tsyuşining videolari YouTube portalida maşhur bölib ketdi, ammo hozir ular yangi kontent taqdim qilişni töxtatişdi, ularning qarindoşlari esa ular hozir qayerdaligini bila olişmayapti.

Çen Tsyuşi ğoyib bölgaç uning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini yuritayotgan döstining aytişiça, u payşanba kuni şifoxonaga borganida majburiy ravişda karantinga joylaştirilgan.

Çenning tvitterda 200 mingdan ortiq folloveri bor, YouTube kanalidagi obunaçilari soni esa 400 mingdan ortiq. U doimiy ravişda Uxandagi yangiliklarni yoritib borar, şifoxonalardagi ahvol haqida hikoya qilar, bemorlar hamda şifokorlar bilan gaplaşardi.

Bu voqealar Xitoy internetidagi senzuradan darak beradi.

Fan Bin haqida nimalar ma’lum?

Uxanlik tadbirkor Fan Bin virus tarqala boşlaganida «şahardagi haqiqiy vaziyat haqida xabar berib boriş» uçun videolar tayyorlay boşlagan.

Fan Bin «hokimiyatni xalqqa qaytariş»ni talab qilgan / Youtube

25 yanvar kuni u Xitoyda taqiqlangan YouTube portalida VPN’dan foydalangan holda birinçi videosini e’lon qilgan.

Dastlabki videoroliklarida u asosan maşinasida şahar kezadi va turli tumanlardagi vaziyatni namoyiş etadi - videolar 1000 martadan oşiq köriladi.

Keyin 1 fevral kungi videosida u Uxandagi şifoxona oldida turgan, içiga 8 jasad solingan mikroavtobusni namoyiş etadi. Bu video 200 ming martadan oşiq köriladi.

Fanning aytişiça, öşa kuniyoq politsiya uning uyiga kelgan va video böyiça söroq qilgan. Uni olib ketişgan, qat’iy ogohlantirişgan, keyin qöyib yuborişgan.

9 fevral kuni u 13 soniyalik video e’lon qilgan va unda «barça odamlarni kötariliş va hukumatni xalqqa qaytariş»ga çaqirgan.

Şundan keyin uning akkauntida heç qanday yangilaniş bölmagan.