Iqtisodiyot | 12:40 / 17.02.2020
22434
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi hafta pasaydi

Markaziy bank 18 fevraldan valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 10,67 so‘mga tushib, bir dollar 9528,49 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 119,35 so‘mga pasayib, 10 319,35 so‘mga teng bo‘ldi.

O‘z navbatida rubl kursi 1,30 so‘mga qimmatlashgan va 1 rubl 150,07 so‘mga teng bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi hafta pasaymoqda. O‘tgan haftada rasmiy kurs 2,58 so‘mga tushib, 9539,16 so‘mni tashkil qilgan, yevro kursi 145,95 so‘mga pasayib, 10 438,70 so‘mga teng bo‘lgandi.

Mavzuga oid