Germaniyaning iphone-ticker portali koronavirus tarqalişi sababli Apple kompaniyasining bahorgi taqdimotini keçiktirilişi mumkinligi haqidagi sönggi miş-mişlarni rad etdi. Naşrning ta'kidlaşiça, yangi iPhone 9 modeli 31 martda taqdim etiladi, sotuvlar esa 3 aprelda boşlanadi — hammasi reja böyiça. 

Apple kompaniyasining özi duşanba kuni butun dunyo böylab mavjud iPhone modellarini yetkazib berişda vaqtinça çeklovlar e'lon qildi. Çunki qurilmalarni yiğadigan ba'zi kompaniyalar koronavirus sababli töliq quvvat bilan işlamayapti.

Ehtimol, Apple yangi iPhone’ni öz vaqtida çiqariş uçun hozirgi smartfonlarni yetkazib berişni qisqartirişga qaror qilgan. Uşbu model, arzon yeçim sifatida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida köp xaridorga ega.

Tarmoqda tarqalgan suratlarda körinişiça, yangi mahsulot iPhone 8’ga öxşaş böladi — yuqori va pastki qismida an'anaviy hoşiya, Touch ID barmoq izi skaneri va orqa tomonda bitta kameraga ega böladi. Displeyning diagonali odatiy 4,7 dyuymni taşkil qiladi. Smartfon 3 GB tezkor xotira bilan töldirilgan A13 çipi asosida işlaşi kerak. iPhone 9’ning uşbu versiyasi taxminan 399 AQŞ dollari narxida sotiladi.

Avvalroq koronavirus bilan boğliq vaziyat keskinlaşişi tufayli 24-27 fevral kunlarida Barselonada ötişi rejalaştirilgan mobil texnologiyalarining eng yirik körgazmasi MWC bekor qilingandi.

  • Xitoy hukumati yangi koronavirus keltirib çiqargan pnevmoniya kasalligi tarqalişi tufayli mamlakatdagi köplab korxonalar faoliyatini töxtatib qöygan. Xususan, Xitoyda işlab çiqariladigan avtomobillar uçun qismlar yetkazib berilişida uzilişlar kuzatilişi ma'lum qilingandi.