Foto: Prezident matbuot xizmati

18 fevral kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş uçun amaliy taşrif bilan mamlakatda bölib turgan Vengriya taşqi iqtisodiy aloqalar va taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari Özbekiston va Vengriya örtasidagi an'anaviy döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlari oxirgi yillarda izçil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turli darajada samarali muloqotlar yölga qöyildi. Mamlakatlar örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi ötgan yil yakunlariga köra 45 foizga ortdi. Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarda qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda. Ta'lim, madaniyat va turizm sohasidagi almaşinuvlar kengaymoqda.

Peter Siyyarto samimiy qabul uçun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa ittifoqi bilan muloqot formatidagi şeriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Vengriyaning yetakçi kompaniyalari ilğor tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda ularni moliyalaştirişga alohida e'tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantiriş, bank, transport sohalariga oid dasturlarni amalga oşiriş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş istiqbollari muhokama qilindi.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar rejasi ham körib çiqildi, deyilgan ma'lumotda.

Bundan oldin, Abdulaziz Komilov Peter Siyyarto bilan uçraşgandi.