Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriyaning Idlib viloyatida harbiy operatsiya istalgan vaqtda boşlanişi mumkinligini aytdi.

"Idlibdagi operatsiya istalgan vaqtda boşlanişi mumkin. Turkiya Idlibni Asad rejimi va uning tarafdorlariga qoldirmaydi", - dedi Erdöğan.

"Rejim Idlibdagi zöravonliklarini bas qilişi va Soçi kelişuvida belgilangan hududlarga çekinişi uçun sanoqli kunlar qoldi. Bu oxirgi ogohlantirişimiz", - deb qöşib qöydi u.

Erdöğan şuningdek, Idlibdagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça Rossiya va Turkiya ötkazgan birorta ham uçraşuv sezilarli natija keltirmaganini qayd etdi.

"Muzokaralar davom ettiriladi, ammo umumiy nuqtai nazarni işlab çiqişdan judayam uzoqda ekanligimiz körinib turibdi", - dedi Turkiya prezidenti.

12 fevralda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Moskva va Damaşqni Idlibdagi vaziyatni tartibga soliş böyiça kelişuvga amal qilmayotganlikda ayblagandi. Uning ta'kidlaşiça, prezident Başar Asad kuçlari rossiyalik harbiylar bilan birga mahalliy aholiga hujum qilmoqda. Rossiya mudofaa vazirligida Erdöğanning bu sözlari rad etilib, Idlibdagi ixtilofning avj olişiga Turkiyaning öz va'dalarini bajarmayotgani sabab hisoblanişi aytilgan.

19 fevral kuni Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Rossiya va Turkiyaning Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat böyiça olib borayotgan muzokaralari “hozirça qoniqarli natijalarni olib kelmagani”, Turkiya Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan hujjatlar va xaritani qabul qilmaganini ma'lum qildi.