O‘zbekiston | 17:26 / 19.02.2020
12787
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Turonbankning yana 4 ta yangi Bank xizmatlari ofisi ish boshladi

Foto: Turonbank

Qulaylik, sifatli va tezkor xizmat hamda shinam interer dizayn. Bank – moliya sohasida o‘ttiz yillik tajribaga ega Turonbank tomonidan Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy qiyofadagi “Bank xizmatlari ofis”lariga mana shunday ta'rif berish mumkin. Rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitiga tayyor bo‘lgan mazkur ofislar, aholining har qanday talabiga to‘liq javob berib, vaqt va mablag‘ning ortiqcha sarflanishiga chek qo‘yishi bilan ahamiyatlidir. 

Hozirga qadar xalq xizmatiga shunday ofislarning 20 tasi topshirilgan bo‘lsa, kuni kecha ularning safiga yana 4 tasi qo‘shildi. Ya'ni Shahrisabzda “Oq saroy”, Toshkent viloyatida “Bekobod”, Toshkent shahrida esa “Cho‘pon-ota” va “Forobiy” nomi ostidagi ofislar ish boshladi. Ahamiyatlisi, ularning barchasi dehqon bozorlari, davlat va xo‘jalik tashkilotlari, ta'lim muassasalari kabi aholi gavjum hududlarda joylashgandir. Sababi, mazkur ofislar orqali fuqarolar keng ko‘lamli moliyaviy va konsalting xizmatlarini olishlari, hisob raqam va plastik kartalar ochishlari, kredit olish uchun ariza berishlari, omonatlarni rasmiylashtirishlari, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari mumkin. Zamonaviy bankomat va infokiosklar esa 24/7 rejimida ularga yaqindan ko‘mak beradi. Shuningdek, bank operatsiyalarini raqamlashtirish orqali «Face ID» texnologiyasi asosida mijozlarni avtomatik identifikatsiyalash tizimi ham joriy etilgan.

Bundan tashqari, aytishlaricha Turonbank ushbu ofislarning yangi mijozlari uchun maxsus “Markaz” nomli tarif rejasini ham ishlab chiqib, “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqini ham bir yil davomida bepul etib belgilabdi. Bu esa juda yaxshi imkoniyat.

Ma'lumot uchun:

Sayt: turonbank.uz

Telegram: t.me/turonbankuz

Facebook: fb.com/turonbank

Call-center: (+998 95) 144-60-00

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid