Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Özbekiston – Britaniya iqtisodiy qömitasining ikkinçi yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Buyuk Britaniyaning savdo böyiça davlat vaziri, lord Anas Sarvarni qabul qildi.

Özaro manfaatli şeriklikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, barça darajalardagi almaşinuvlar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xavfsizlik sohasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan.

Özaro tovar ayirboşlaş hajmi ortib bormoqda. Mamlakatimizda 260 ta qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

London fond birjasida Özbekiston Milliy investitsiya jamğarmasining ilk IPOsi muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Moliya sohasida Standard Chartered banki, neft-gaz tarmoğida esa British Petroleum kompaniyasi faol iş olib bormoqda.

Uçta qöşma oliy taʼlim muassasasi taşkil etildi, Kembrij universiteti bilan hamkorlikda Prezident maktablari işga tuşirildi. Britaniyalik sayyohlar soni ham ortib bormoqda.

Infratuzilmani rivojlantiriş, energetika, moliya, geologiya, transport, taʼlim, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda yangi loyihalarni ilgari suriş, buni, jumladan, Britaniya eksportni moliyalaştiriş agentligi (UKEF) iştirokida amalga oşiriş muhimligi taʼkidlandi.

Buyuk Britaniya tomoni Toşkent şahrida “ingliz huquqi” tamoyillari asosida işlaydigan Xalqaro moliya markazi faoliyatini yölga qöyişda kömaklaşişga tayyor ekanini bildirdi.

Uçraşuv yakunida köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qiliş yuzasidan kelişuvga erişildi.