Google ilova işlab çiqaruvçilar uçun Android 11 versiyasini çiqardi. Bu haqda 9to5google portali xabar berdi.

Android’ning yangi versiyasini Pixel turkumidagi smartfonlarga örnatiş mumkin.

Kiritilgan asosiy yangiliklardan biri – ilovalarga mikrofon, kamera va geolokatsiyadan foydalaniş imkoniyatini faqatgina "ilova işlayotgan vaqtda" beriş. Şuningdek, biometrik ma'lumotlar böyiça avtorizatsiya işi özgargan, ma'lumotlarni saqlaş va uzatiş xavfsizligi kuçaytirilgan.

Işlab çiqaruvçilar xabarlar almaşiş servisi va "uzun" skrinşotlar oliş tizimini yangilagan.